28 yanvar kuni soat 22:33 da Ozarbayjonning Azal aviakompaniyasi samolyoti Urgançga kelib qöndi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Boku–Urganç–Boku yangi parvoz yönalişini oçgan, bortida 99 nafar yölovçisi bölgan Airbus A319 samolyoti an’anaga köra kutib olindi. Muntazam reyslar haftada bir marta – şanba kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Urganç Özbekistonning Azal yönalişlar tarmoğidagi törtinçi şahriga aylandi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya Bokudan Toşkentga (duşanba, çorşanba, şanba va yakşanba), Samarqand (seşanba va juma kunlari) va Farğonaga (payşanba kunlari) ham qatnovlarni amalga oşirmoqda.
Urganç–Boku va Boku–Urganç yönalişidagi aviaqatnov çiptalari narxi 184 dollardan boşlanadi va aviakompaniya saytida sotilmoqda.
1992 yilda taşkil etilgan Ozarbayjon havo yöllari (Azal) aviakompaniyasi yirik aviataşuvçi bölib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bölgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakçilardan biri hisoblanadi.

















