Yakşanbaga ötar keçasi Erondagi harbiy infratuzilma obektlarida davomli portlaşlar röy berdi.
IRNA agentligi xabariga köra, Eron şimoli-ğarbidagi Şarqiy Ozarboyjon viloyatidagi Azarşahrda motor moylari işlab çiqariladigan yirik zavod yonib ketgan. Bu region şu kuni 5,9 balli zilzila qayd etilib, 2 kişi halok bölgan va 580 kişi jabrlangan Ğarbiy Ozarboyjon viloyati bilan çegaradoş hisoblanadi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador sanalgan Fars agentligiga köra, Şarqiy Ozarboyjon viloyati markazi bölmiş Tabriz şahri atrofidagi korxonada yonğin röy bergan.
Tasnim yangiliklar agentligi xabar qilişiça, mamlakat markaziy qismidagi Isfahon provinsiyasida joylaşgan öq-dori işlab çiqariladigan harbiy zavod ham dronlar hujumiga uçragan.
Şuningdek Eron ğarbidagi Dizful şahridagi aviabazada portlaş röy bergan, mamlakat ğarbidagi Hamadon hamda mamlakat şimolidagi Rişt şahrida portlaş va yonğinlar kuzatilgani xabar qilingan.
Tehronda ham portlaş ovozlarini eşitişgan, mahalliy aholi ma’lumotiga köra, hukumat binolariga hujumlar uyuştirilgan. Guvohlar xabar qilişiça, Eron poytaxti osmoniga qiruvçi samolyotlar kötarilgan.
Ayni vaqtda qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yöq.
Eron mudofaa vazirligi Isfahondagi öq-dori işlab çiqariladigan zavodga dronlar tomonidan hujum qilinganini tasdiqladi.
«2023 yil 28 yanvar kuni soat 23:30 atrofida mudofaa markazlaridan biriga dronlardan foydalangan holda muvaffaqiyatsiz hujum uyuştirildi. Ulardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirildi, boşqa ikkisi mudofaa qopqonlariga tuşib qoldi va portlab ketdi», deyiladi vazirlik bayonotida.
Eronlik harbiylarga köra, bino tomi «biroz şikastlangan».
Britaniya mudofaa tadqiqotlari institutiga (RUSI) köra, Isfahon yaqinida Shahed Aviation Industries korxonasi joylaşgan, bu yerda işlab çiqariladigan Shahed 131/136 dronlari Rossiya tomonidan Ukraina hududida


















