Şaxmat böyiça Niderlandiyada Tata Steel Chess 2023 turniri yakunlanmoqda.
Nodirbek Abdusattorov 12-turda amerikalik Uesli Soga qarşi dona surdi va murosa köçasini tanladi. Endilikda özbekistonlik şaxmatçi oçkolari sonini 8 taga yetkazdi va hamon Masters guruhi peşqadami bölib turibdi. Uni 0,5 oçkolik farq bilan Aniş Giri ta’qib etmoqda. Uçinçi va törtinçi örinlardagi Uesli So va Magnus Karlsenlarda 7 tadan oçko bor.
12-turdagi natijalar:

Turnir jadvalidagi vaziyat:

Bugun turnirda sönggi tur ötkaziladi va unda Abdusattorov niderlandiyalik van Forestga (jadvalning quyi qismidagi bu şaxmatçi 12-turda Giri bilan durang öynadi) qarşi bahs olib boradi. Bu bahsdagi ğalaba unga çempionlikni kafolatlaydi. Durang yoki mağlubiyat qayd etilgan holatda esa Aniş Giri, Uesli So va Karlsenning natijalariga qaraladi.
Giri bugun Rapport bilan, So Rameşbabu bilan, Karlsen esa Arjun Erigaisi bilan kuç sinaşadi.
Ma’lumot uçun, Abdusattorov turnir davomida şu vaqtgaça 4 bahsda ğolib bölgan va bu borada faqat Karlsenda şunday körsatkiç. Özbekistonlik şaxmatçi Rapport, Parham, Karlsen va Arjun Erigaisini mağlub etib, qolgan raqiblari bilan durang qayd etgan, mağlubiyatga uçramagan (Giri, Uesli va Aronyanda ham mağlubiyat yöq).

U 5-turdan keyin turnir jadvalida peşqadamlikni qölga olgan va şundan beri birinçi örindan pastga tuşmagan.
Challengers guruhida iştirok etayotgan Javohir Sindorov esa navbatdagi turda eronlik Amin Tabataei bilan durang qayd etdi. Sindorov 7,5 oçko töplagan holda 3-poğonada joylaşgan. Unda çempionlik uçun imkoniyat qolmagan.


















