AQŞ harbiy-havo kuçlarining havo qöşinlarini köçiriş böyiça qömondonligi boşliği Mayk Minihan Tayvan tufayli Xitoy bilan uruş 2025 yilda boşlanişi mumkinligi haqida aytdi. NBC News naşri xabar qilişiça, bu haqda uning öziga böysunuvçi zobitlarga yöllagan eslatmasida aytilgan.

AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama Mayk Minihan bilan. 2012 yil. Foto manbasi: Getty

«Umid qilamanki, men xato qilgan bölib çiqaman. Intuitsiyamga köra, 2025 yilda uruşişga töğri keladi», — deyilgan generalning xabarida. Mayk Minihan 2024 yilda AQŞda ham, Tayvanda ham prezidentlik saylovlari bölib ötişi va XXR raisi Si Jinping Tayvanni egallaşga harakat qiliş uçun bundan foydalanişi mumkinligini qayd etgan.

Qömondon zobitlarga 28 fevralga qadar Xitoyga qarşi jangga tayyorgarlik köriş bilan boğliq barça muhim tadbirlar böyiça hisobot berişga topşiriq bergan. Şuningdek zobitlarga mart oyida «öz şaxsiy işlarini körib çiqiş» va yuridik masalalarni hal qiliş buyurilgan.

Havo qöşinlarini köçiriş böyiça qömondonlik vakili bunday eslatma yuborilganini tasdiqlagan. Uning qayd etişiça, generalning buyruqlari «tiyib turiş çoralari iş bermagan holda bölajak töqnaşuv»ga tayyorlaniş uçun 2022 yilda ötkazilgan sa’y-harakatlarga asoslangan.

Öz navbatida, AQŞ mudofaa vazirligi vakili Mayk Minihanning sözlari «vazirlikning Xitoyga nisbatan nuqtayi nazarini aks ettirmasligi», Pentagon esa Hind-Tinç okeani mintaqasida «tinçlik, erkinlik va oçiqlik» saqlanib qolişi tarafdori ekanini ma’lum qilgan.

Xitoy Tayvanni özining ajralmas qismi deb biladi, ammo amalda Pekin orolni mamlakatda fuqarolik uruşi yakunlanib, XXR taşkil etilgan 1949 yildan buyon nazorat qilmaydi.

2022 yil avgustida Xitoy rasmiylari Pekin Tayvan bilan «tinç  yöl orqali birlaşiş uçun keng maydon yaratişga tayyorligi», orolni kuç bilan egallaş ssenariysi esa «faqat boşqa tanlov qolmagan holatda eng oxirgi çora» bölişi mumkinligini ma’lum qilgandi.