Sönggi vaqtlarda öz muammosi bilan özi qolib ketayotgan ayollarning özlari va farzandlari joniga qasd qiliş holatlari ortib borayotgandek. Psixolog Şoira Isoqovaning ta’kidlaşiça, heç bir ayol öz-özidan özining yoki bolasining joniga qasd qilmaydi. Bunga köplab sabablar bor.
“Birorta suitsid holatida öşa vaziyatga olib kelgan odam jazolanmaydi. Prokuratura çaqiradi, bu suitsidga ruhiy tazyiqlar sabab bölganini aytamiz. Şunaqa holatlar bölganki, ruhiy zöravonlik oqibatida olamdan ötgan ayol eksgumatsiya qilingan. Çunki uning miyasi jarohatlanganini busiz isbotlab bölmaydi. Ikki farzandi bor, judayam yaxşi ayol öz joniga qasd qilişiga miya faoliyati buzilişi sabab bölganini aytganmiz. Juda köp kuraşganmiz.
Xeç kim öz-özidan joniga qasd qilmaydi, bolasini urmaydi, qaynonasining boşiga bitta ğişt bilan urib öldirib qöymaydi. Buni keltirib çiqaruvçi juda katta omillar bor. Nega şu odamlar jazolanmaydi? Nega ularga jazo yöq? Er yoki qaynona muntazam ravişda tazyiq ötkazib kelişgan. Lekin ular jazolanmaydi. Aynan şu tazyiqlar ta’sirida bolasiga ruhiy ta’sir ötkazayotgan onaga jazo qöllanyapti. Bu bilan bolalar yanada kuçli ruhiy ta’sir ostida qolişyapti.
Qaysidir hollarda bolani onadan izolyatsiya qiliş mumkin. Ammo ularni butunlay ajratiş notöğri. Bu bolaga katta ruhiy zarba böladi. Ustma-ust zarbalarni olib oğir holatga kelgan ayolga heç kim yordam bermaydi. Hamma bir tomon bölib, jinoyatni sodir etgan odamgina aybdor bölib qoladi”, – dedi psixolog.

Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Ra’no Turdiboyeva Jinoyat kodeksida özini öldiriş darajasiga yetkazganlik uçun ham jazo borligini eslatdi. Ammo şunga qaramay köpinça mentalitet sabab bu jazo qöllanmaydi. Çunki ayol yana öşa oilaga qaytişini öylaydi.
“Şu örinda ayol talab qilişi kerak: atrofidagi odamlar, unga ta’sir körsatganlar örganilişini. Sudga qanday da’vo bilan murojaat qilinsa, faqat öşa holatni körib çiqadi. Ayol uni şu holatga keltirgan oqibatlar örganilişini talab qilişni ham bilmaydi.
Inson özining şunaqa huquqlari borligini bilmasa, atrofidagilar bu huquqlarni buzib kelaveradi. Öz huquqini bilmaslik oqibatida uning özi ham boşqalarning huquqini buzib keladi. Ya’ni atrofdagilar ayolning huquqini, ayol esa öz bolasining huquqini buzyapti”, – dedi Ra’no Turdiboyeva.
















