29 yanvarga ötar keçasi Eronning Isfahon şahrida mamlakat mudofaa vazirligiga tegişli zavodga uçuvçisiz qurilmalar yordamida hujum qilindi.
Eron mudofaa vazirligi «öz harbiy işlab çiqariş kompleksiga mini-dronlar yordamida muvaffaviyatsiz hujum uyuştirilgani», bitta qurilma havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirilib, boşqalari «mudofaa tuzoğiga tuşgani»ni ma’lum qildi. Eron mudofaa vazirligi urib tuşirilgan va tuzoqqa tuşgan dronlar kimga tegişli ekaniga oydinlik kiritmagan. Vazirlik ma’lumotiga köra, zarba oqibatida heç kim halok bölmagan va jabrlanmagan, faqat bitta omborning tomi zarar körgan.
Isroildagilar quvonişmoqda
Arab naşrlari bu zarba Isroil tomonidan amalga oşirilgani haqida yozgandi. Bu fakt isbotlangani yöq, ammo Isroilda bölib ötgan voqeadan xursand bölişayotgani bor gap. Isroilning The Jerusalem Post naşri Ğarb razvedka taşkilotlaridagi manbalariga tayanib yozişiça, Isfahondagi dronlar hujumi «öta muvaffaqiyatli çiqqan» va Eron tomoni aytganidek faqat omborning tomi zarar körmagan. Ammo Isroil naşri ham dronlar hujumi ortidan qaysi davlat turganini yozmagan.
Shahed zavodi öşa şaharda
Mahalliy naşrlarning yozişiça, öq-dori işlab çiqariladigan zavodga dronlar hujumi amalga oşirilgan. Eron mudofaa vazirligi bu zavodda aynan nima işlab çiqarilganiga aniqlik kiritmagan, ammo Britaniyaning Mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) Isfahonga yaqin joyda Shahed Aviation Industries işlab çiqariş korxonasi borligini ma’lum qilgan. Zavod Eronning Shahed 131/136 kamikadze-dronlarini işlab çiqarişga aloqador. Bu dronlardan Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda faol foydalanib kelmoqda.
Eron telekanallariga köra, mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari jangovar şaylik holatiga keltirilgan.
Boşqa joylarda ham portlaşlar kuzatildi
Yakşanbaga ötar keçasi faqat Isfahondagi harbiy zavodda emas, boşqa hududlarda ham portlaşlar kuzatilgan. Iran International va BBC naşrlari öz manbalariga tayanib yozişiça, Tehron, Dizful va Rişt şaharlarida ham portlaşlar qayd etilgan. Şuningdek, Hamadon aviabazasida havo hujumidan ogohlantiruvçi trevoga sirenalari çalingan.
Tasnim agentligi Eronning Şarqiy Ozarboyjon viloyatida joylaşgan Şahid-Salimi şahridagi motor moyini qayta işlaş zavodida ham yonğin bölgani haqida yozdi. Bu şahar Ğarbiy Ozarboyjon viloyati bilan çegaradoş. Keça bu yerda 5,9 balli zilzila sodir bölib, 3 kişi halok bölgan, 800 dan ortiq kişi jabrlangandi.
















