Myunxen xavfsizlik konferensiyasi raisi va sobiq kansler Angela Merkelning taşqi siyosat masalalari böyiça uzoq yillik maslahatçisi Kristof Xoysgen Rossiya agressiyasidan himoyalaniş uçun Ukrainaga qiruvçi samolyotlar yetkazib beriş tarafdori ekanini bildirdi. Xoysgen xuddi şunday fikrni 29 yanvar, yakşanba kuni Germaniyaning ARD jamoat-huquqiy telekanalining Europamagazin dasturi efirida aytdi.

«Menimça, qiruvçi samolyotlar yetkazib beriş Ukrainani hujumlardan yaxşiroq himoya qiliş uçun adekvat qadam böladi», - dedi Xoysgen.

Uning sözlariga köra, gap Amerikaning törtinçi avlod F-16 qiruvçi samolyotlari yoki GDRning eski zaxiralaridan Sovet Ittifoqi tomonidan işlab çiqarilgan jangovar samolyotlar haqida ketişi mumkin.

Xalqaro qonunlarga köra, xorijiy kuçlarga Ukrainaga qurol-yaroğ, jumladan, jangovar tanklar, şuningdek, jangovar samolyotlar yetkazib berişga ruxsat berilgan, deya qöşimça qildi Kristof Xoysgen.

Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari 18 yanvar kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida Yevropa taşqi aloqalar kengaşining Ukrainaga Leopard 2 tanklarini birgalikda yetkazib beriş va ukrainalik harbiylarni ularni boşqarişga örgatiş böyiça Yevropa konsorsiumini yaratiş taklifini töğri deb baholadi.

2022 yil dekabrida DW naşriga bergan intervyusida konferensiya rahbari Germaniya annexia qilingan Qrimni qaytariş böyiça Ukrainani qöllab-quvvatlaşi kerakligiga işonç bildirdi. «Biz ukrainaliklarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşimiz kerak, agar Ukraina Qrimni qaytarib ololsa, uni qöllab-quvvatlaş kerak», — dedi u.

Berlin Bundesver zaxiralaridan Ukrainaga 14 ta Leopard 2 A6 tankini jönatmoqçi. Germaniyada jami 328 ta Leopard tanklari mavjud.