2023 yil 29 yanvar kuni soat 16.00 larda Nukus şahri, “Temir jol” MFY 22-kiçik tumanida joylaşgan 8/1-sonli 4 qavatli turar joy binosida xonadonlar birida sizib çiqqan tabiiy gaz çaqnaşi oqibatida portlaş sodir bölib, ayrim xonadonlarga zarar yetgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmoği xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Qoraqalpoğiston prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksi 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, hozirda aybdor şaxslar doirasini aniqlaş, ularni jinoiy javobgarlikka tortiş masalasi hal etilmoqda.
Avvalroq Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan yana 4 kişining jasadi topilgandi. FVV ma’lumotiga köra, fojia oqibatida halok bölganlar soni 5 nafarni taşkil etmoqda.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri boşçiligida hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlari davom etmoqda.

















