Yaqin kunlarda Kursk viloyatiga davlat çegarasini qöriqlaş uçun yangi bölinmalar keladi, deb ma’lum qildi viloyat gubernatori Roman Starovoyt viloyat hukumatining tezkor yiğilişida. 

«Harbiy xizmatçilarimiz davlat çegarasini qöriqlaş va hududlarda xavfsizlikni ta’minlaş böyiça vazifalarni tezkorlik bilan bajarişga kirişişlari uçun Kursk viloyati hududida bölgan qöşimça kuç va vositalarni qabul qiliş, joylaştirişni har tomonlama qöllab-quvvatlaş zarur», dedi u.

Bundan oldin Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt yanvar oyining birinçi haftasida «Vagner» XHK lagerida öqitilganini aytgandi. 

Starovoyt 8 yanvar kuni Telegram-kanalida e’lon qilingan postda u bilan birga lagerda viloyat hokimligi mutasaddilari va xalq otryadi köngillilari şuğullangani haqida yozgan. Gubernator yollanma jangçilar lagerida olingan videoni ham e’lon qildi. U harbiy kiyimdagi Starovoytning harbiy kiyimda va qölida avtomat bilan tank minib ketayotgan kadrlarda tugaydi.

XHK asosçisi Yevgeniy Prigojinning ta’kidlaşiça, Starovoyt «barça jangçilar bilan birga bir xil kazarmada uxlagan holda» kursda öqigan va jangçilar bu Kursk gubernatori ekanligini bilişmagan. Tadbirkorning sözlariga köra, öquv kursidan söng Starovoytga vagnerçilar bilan şartnoma imzolaş taklif qilingan, biroq «hozirda uning mehnat majburiyatlari borligi ma’lum bölgan».