Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye şahrida «Tata Steel Chess-2023» turniri yakuniga yetdi. 29 yanvar kuni bölib ötgan turnirning sönggi, 13-turida Nodirbek Abdusattorov mezbon şaxmatçi Yorden van Forestga qarşi bahs yuritib, imkoniyatni boy berdi.
A brilliant tournament by Nodirbek Abdusattorov ends with a loss, but what a performance throughout 13 rounds! 🥹👏 pic.twitter.com/Dh8prjIQH4
— Chess.com (@chesscom) January 29, 2023
Şu tariqa, turnir davomida peşqadam bölib kelgan özbekistonlik şaxmatçi özini durang ham qoniqtirişi mumkin bölgan holatda yutqazgaç, musobaqani 8 oçko bilan 2-örinda yakunlaydigan böldi. Sönggi turdagi muvaffaqiyati evaziga 8,5 oçko jamğargan niderlandiyalik Anish Giri esa Masters guruhi ğolibiga aylandi.
♟| BREAKING | Anish Giri wins the 2023 Tata Steel Chess Tournament
— Tata Steel Chess (@tatasteelchess) January 29, 2023
As Anish Giri won his final game, Nodirbek Abdusattorov did not manage to hold of Van Foreest. Tournament Ambassador Anish Giri is now the 85th Tata Steel Chess Champion! #TataSteelChess pic.twitter.com/Rm4pT6Zr9m
Abdusattorov turnir davomida biror marta mağlubiyatga uçramay, 4 bahsda ğolib bölgan, 5-turdan buyon peşqadamlikni heç kimga bermay kelayotgandi. Özbekistonlik şaxmatçi Rapport, Parham, Magnus Karlsen va Arjun Erigaisini mağlub etib, qolgan raqiblari bilan durang qayd etgandi.

Challengers guruhida esa özbekistonlik yana bir şaxmatçi Javohir Sindorov sönggi turda niderlandiyalik Tomas Beyerdsenni mağlubiyatga uçratib, 8,5 oçko bilan 3-örinni egalladi.

















