Germaniya kansleri Olaf Şols «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi Rossiya va NATO örtasidagi uruşga aylanib qolmasligi uçun hamma narsani qiliş»ni özining vazifasi deb hisoblaydi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari 29 yanvar, yakşanba kuni çop etilgan Der Tagesspiegel gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Hozirda Rossiya Federatsiyasi va NATO örtasida uruş yöq, u Germaniya kansleri sifatida bunday keskinlaşuvga yöl qöymaydi, deb qöşimça qildi Şols. «Bu masala böyiça biz federal hukumatda birdammiz va taşqi işlar vaziri Annalena Berbok ham şunday hisoblayapti», dedi u.
Avvalroq Berbok 24 yanvar kuni Yevropa kengaşi parlament assambleyasi yiğilişida aytgan noaniq bayonoti tufayli kuzatuvçilar tomonidan keskin tanqid qilingan edi. Ğarb davlatlarini Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiyasiga qarşi kuraşda birdamlik körsatişga çaqirar ekan, u, xususan: «Biz bir-birimizga emas, Rossiyaga qarşi uruş olib bormoqdamiz», deb ta’kidladi. Köpçilik bu iborani Germaniya mojaro iştirokçisi va Rossiyaga qarşi uruş olib borayotganini tan oliş sifatida baholadi.
Bild tabloidi 26 yanvar kuni vazirning bayonotiga izoh berişni sörab Germaniya Taşqi işlar vazirligiga murojaat qilganidan söng, idora şunday izoh berdi: «Rossiya Ukrainaga qarşi şafqatsiz uruş olib bormoqda. Yevropa kengaşi parlament assambleyasi a’zolari bilan 24 yanvar kuni bölib ötgan uçraşuvda taşqi işlar vaziri Berbok Yevropa bu uruşga qarşi birga turişi kerakligini ta’kidladi. Xalqaro huquq ma’nosida. Rossiyaning tajovuzkor uruşiga qarşi BMT nizomida mustahkamlangan Ukrainani öz şaxsiy huquqini amalga oşirişda mudofaa jihatidan qöllab-quvvatlaş Germaniyani mojaro iştirokçisiga aylantirmaydi».
25 yanvar kuni Olaf Şols Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berişni ma’qulladi va bu qaror Germaniya ittifoqçilari bilan «kelişuv hamda yaqin hamkorlikda» qabul qilinganini ta’kidladi. Şundan söng bir qator boşqa Ğarb davlatlari Kiyevga jangovar tanklarni ötkaziş niyatida ekanini ma’lum qildi. Öz navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan gaplaşganini Telegram’da ma’lum qilib: «Biz Ukrainaga samolyotlar yetkazib beriş darajasiga çiqişimiz kerak. Bu orzu. Bu vazifa», deb qöşimça qildi.
Germaniyada ham Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib berilişi mumkinligi haqidagi munozaralar boşlandi. Biroq, 25 yanvar kuni Bundestagda nutq sözlagan Olaf Şols voqealarning bunday rivojlanişi haqida gap ham bölmasligini ta’kidladi: «Men bu jangovar samolyotlarga taalluqli emasligini ança oldin aytgandim va hozir ham buni aytaman».


















