
Sudlar tomonidan 2022 yil davomida jami 161 nafar şaxsga nisbatan oqlov qarorlari çiqarilgan, 2 321 ta holatda tergov organi tomonidan asossiz qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarilgan.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan 293,4 mlrd sömdan ortiq moddiy zararning örnini qoplagan 1 109 nafar şaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan, 1 759 nafar şaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
Jinoyat işlarining 4 851 tasi ijtimoiy xavfi katta bölmagan, 2 405 tasi unça oğir bölmagan, 4 337 tasi oğir va 548 tasi öta oğir toifadagi jinoyatlarni taşkil etgan.
Sohalar böyiça qaralsa, korrupsiyaga oid körib tamomlangan işlar böyiça şaxslar toifasida:
- ta’lim sohasida 32 nafar şaxs;
- soğliqni saqlaş sohasida 16 nafar şaxs;
- bank yönalişi böyiça 7 nafar şaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Sudlangan şaxslarning 1 063 nafariga jarima, 2 398 nafariga axloq tuzatiş işlari, 1 713 nafariga ozodlikni çeklaş, 3 710 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 121 nafariga majburiy jamoat işlari jazosi tayinlangan bölsa, 331 nafar şaxs şartli hukm qilingan.
Sudlanganlarning 1016 nafarini ayollar, 246 nafarini voyaga yetmaganlar, 381 nafarini yoşlar, 238 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar, 106 nafarini çet el fuqarolari, 8 nafarini tadbirkorlar taşkil etgan.
2 245 nafar muqaddam sudlangan şaxslar tomonidan takroran jinoyat sodir etilgan.
















