
Jamoat transporti haydovçilariga qöyiladigan kunlik tuşum «plani» belgilaş amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev jamoat transporti sohasini takomillaştiriş yuzasidan yiğilişda ma’lum qildi.
Davlat rahbari bu sohada muammolar töplanib qolgani, ularni hal etiş uçun transport boşqarmalari va avtobus parklarida hozirgi iş tizimini özgartiriş zarurligini qayd etdi.
Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, qança köp avtobus olib kelinmasin, joylardagi transport boşqarmalari va avtobus parklarida hozirgi iş tizimi özgarmasa, aholi ehtiyojiga yaraşa xizmat körsatib bölmaydi. Barça hududlarda aholi uçun yangi uy-joy, maktab, boğça, şifoxona va boşqa muassasalar barpo etilayapti, lekin transport sohasi bu özgarişlardan orqada qolib, bugungi rivojlaniş talablariga mos kelmayapti.
Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantiriş rejasi işlab çiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yönalişlari işlamayotgani, bekatlar yetişmasligi körsatib ötildi.
Transport korxonalari kunlik «tuşum plani»ni bajarişga boğlanib qolib, kunning «eng daromadli» paytida (ertalab soat 8-10 da, keçqurun soat 17-19 da) harakatlanişga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yölovçilar uzoq kutiş yoki taksida yurişga majbur.

Şu munosabat bilan prezident sohada moliyalaştiriş, avtobus yönalişlarini taşkil etiş, avtoparkni yangilaş va infratuzilmani takomillaştiriş böyiça yangi tizim joriy qiliş çora-tadbirlarini belgilab berdi.
Endilikda mablağ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.
Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat,
















