Namangan şahri köçalarida jamoat va yöl harakati tartibini saqlaş maqsadida Qozoğistonda işlab çiqarilgan «Sergak» nazorat kameralari örnatildi. Bu haqda «Örda» naşri yozmoqda.

Manbada aytilişiça, Namangan köçalarida bunday kameralardan 25 dona örnatilgan. Kameralar «Sergek Group» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan.

Xabarda kameralar belgilangan tezlikni oşirganlik, svetoforning taqiqlangan rangida harakatlaniş, yöl çiziqlarini bosiş kabi qoidabuzarliklarni qayd etişi ta’kidlangan. Qozoğistonning Ostona va Almati kabi yirik şaharlari köçalarida ham aynan «Sergek» kameralari örnatilgan.