Qirğiziston çegara xizmati xodimlari Özbekiston bilan çegara uçastkasida kontrabanda yöli bilan ötkazilayotgan nosvoyni töxtatib qolişdi.
24.kg naşrining Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayanib xabar berişiça, Özbekistonning Çönğara anklavidan çiqib kelgan yuk avtomaşinasi «Burgondu» çegara postida közdan keçirilganida hujjatlarsiz 13 tonna nosvoy aniqlangan.
Qölga olingan kontrabanda yuki qöşimça tergov ötkaziş uçun tegişli idora xodimlariga topşirilgan.

















