AQŞ harbiylari gipertovuşli raketaning muvaffaqiyatli sinov parvozini amalga oşirdi. Bu haqda Pentagon bayonotiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi. 

AQŞ Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, raketa öz oldiga qöygan vazifalarini bajargan. «Lockheed Martin raketasining havo-reaktiv gipertovuşli dvigateliga ega versiyasi barça asl maqsadlarga erişdi va dasturni yakunladi», deyiladi xabarda. 

Qayd qilinişiça, bu gipertovuşli havo-reaktiv quroli (HAWC) loyihasining yakuniy test sinovi bölgan. U AQŞ Harbiy havo kuçlari va Pentagonning Istiqbolli tadqiqot loyihalari agentligi (DAPRA) tomonidan ötkazilgan. 

Sinov doirasida raketa 60 ming fut (18,3 km) balandlikda 5 Max (6125 km/s) tezlikni namoyiş etib, 300 dengiz mili (555,6 km) masofasiga uçib borgan.