2022 yilda Yevropa Ittifoqi ilk bor qayta tiklanadigan manbalardan gaz yoqişdan köra köproq energiya oldi. Bunday ma’lumotlar Yevropa Ittifoqi iqlim siyosati böyiça tadqiqot olib boradigan Ember tahlil markazining 31 yanvar, seşanba kuni e’lon qilingan hisobotida keltirilgan. 

Uning hisob-kitoblariga köra, ötgan yili Yevropa Ittifoqida har qaçongidan ham köproq elektr energiyasi işlab çiqarilişining qariyb 22 foizi quyoş va şamol energiyasiga töğri keldi. Şu bilan birga, gazni yoqiş taxminan 20 foizni taşkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan bir foizga kam. 

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 2022 yilda 203 teravatt-soat (TVs) quyoş energiyasi işlab çiqargan, bu ötgan yilga nisbatan 39 TVt/soat yoki 24 foizga köpdir. Bu gaz sotib olişda taxminan 10 milliard yevroni tejaş imkonini berdi, deb yozadi Ember tahlilçilari. Şamol energetikasi Yevropa Ittifoqiga 420 TVt/soat energiya yetkazib berdi, bu 2021 yilga nisbatan 33 TVt/soatga köp. 

Germaniya 2022 yilda Yevropa Ittifoqida qayta tiklanadigan manbalardan eng köp energiya oldi – 126 TVt/soat şamoldan va 59 TVt/soat quyoşdan. Biroq, ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlarining umumiy energiya balansida «yaşil» energiyaning uluşi yuqoriroq. Xususan, quyoş energiyasi Niderlandiyada jami elektr energiyasi işlab çiqarişning 14 foizini, Gretsiya va Vengriyada esa 13 foizni ta’minlaydi. Germaniyada bu körsatkiç atigi 10 foizni taşkil qiladi. 

Şamol energiyasi esa Daniyada işlab çiqarişning 50 foizdan ortiğini, Litvada deyarli 40 foizni va Irlandiyada 35 foizga yaqinni taşkil etadi. Germaniyada şamol energiyasining uluşi taxminan 20 foizga teng ekani aytiladi.

Şu bilan birga, Germaniya 2022 yilda Ispaniya va Polşa bilan bir qatorda quyoş energetikasida, Polşa va Şvetsiya bilan birgalikda esa şamol energetikasida eng katta yutuqlarga erişdi, deyiladi Ember hisobotida. 

«Inqiroz, albatta, Yevropada energiya almaşinuvini tezlaştirdi», dedi Deyv Jons, Ember ma’lumotlar tahlili rahbari. Rossiya tomonidan Ukrainada boşlangan uruş va keyinçalik Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berişning keskin qisqarişi dunyoning köplab mamlakatlarini muqobil energiya manbalarini izlaşga majbur qildi. 

Şu tariqa, bir yildan kamroq vaqt içida Germaniya Rossiya gaziga qaramlikdan töliq xalos böldi, bunda kömir yoqilğisiga qisman qaytiş va atom elektr stansiyalarini yopişdan voz keçiş yordam berdi.