Amerika Qöşma Ştatlari Ukraina uçun 2,2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda, u birinçi marta uzoq masofali raketalarni öz içiga oladi, deb xabar berdi Reuters agentligi 1 fevral, çorşanba kuni öz nomini oşkor etmagan ikki amerikalik rasmiyga tayanib. 

Agentlik suhbatdoşlariga köra, gap Boeing va Saab Group kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan GLSDB (Ground Launched Small Diameter Bomb) raketalari haqida ketmoqda. Ularning masofasi - 150 km. GLSDB raketalari HIMARS qurilmalaridan ham uçirilişi mumkin. 

Reuters xabariga köra, AQŞ şu haftaning boşida Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini e’lon qilişi mumkin. Raketalardan taşqari, u Patriot havo mudofaa tizimlarini qöllab-quvvatlaş uskunalarini, aniq boşqariladigan öq-dorilarni va Javelin tankka qarşi raketa tizimlarini öz içiga oladi. 

Hozirda Ukrainaga HIMARS qurilmalari uçun 80 kmgaça uçiş masofasiga ega GMLRS raketalari yetkazib berilmoqda. Kiyev bir neça bor AQŞdan taxminan 300 km masofaga uçadigan ATACMS raketalarini söragan, biroq ularni hali qabul qilmagan, çunki Oq uy Ukraina harbiylari Rossiya hududidagi nişonlarga zarba berişi va bu nazoratsiz keskinlaşuvga olib kelişidan xavotirda.

Yanvar oyida The New York Times gazetasi AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainani Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrimdagi nişonlarga zarba beriş vositalari bilan ta’minlaş masalasi böyiça öz pozitsiyasini asta-sekin yumşatib borayotgani haqida xabar bergan edi.