Yaqin tarixgaça Özbekistonning çegara-bojxona postiga kirib kelgan yuk maşinasi soatlab turib qolar, hujjatlarni rasmiylaştiriş haydovçilar uçun haqiqiy boş oğriği bölardi. Bojxona tizimi mamlakat iqtisodiyoti zanjirining muhim bir halqasi ekanligi sohada ijobiy özgarişlar amalga oşirila boşlangaç yaqqol sezildi. Bu fikr raqamlarda ham aks etmoqda.
2017-2022 yillar misolida ayrim statistik raqamlarga e’tibor qaratilsa, sohada qilingan işlar salmoği ham “közga taşlanadi”. Masalan, 2017 yilda davlat budjetiga undirilgan bojxona tölovlari miqdori 7 trln 588,5 mlrd sömni taşkil qilgan. Mazkur raqam yil sayin ösib borib, 2022 yilda 46 trln 24,5 mlrd sömga yetgan. Eng yuqori ösiş 2021-2022 yillar oraliğida qayd qilingan – 13 trln sömga yaqin. Bojxona tölovlari böyiça qöllangan imtiyozlar esa 2022 yilda 2017 yildagi 28 trln 642,1 mlrd sömdan 56 trln 553,4 mlrd sömgaça oşgan.

Berilayotgan imtiyoz va yaratilayotgan qulaylik taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari köpayişiga ham xizmat qilgan. Xususan, 2017 yilda taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari soni 10 654 nafar bölsa, 2019 yilda 31 079 nafarga yetgan. 2020 yilda pandemiya tufayli 26 236 nafarga tuşgan bu raqam yil sayin yana ösib, 2022 yilda 27 338 nafar bölgan.

Bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylaştirişga sarflangan örtaça vaqt 2022 yilda 2017 yildagi 9 soat 18 soniyadan 3 soat 6 daqiqa 26 soniyaga qisqardi. Bu oldin bitta bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylaştirişga sarflangan örtaça vaqtga hozirda 3 ta rasmiylaştirilyapti degani.

Çegara bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalari soni ham yildan yilga ortib bormoqda: 2017 yilda 484 683 ta, 2022 yilda 2 379 488 ta. 2020 yilda pandemiya tufayli çegara bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalari soni keskin kamaygan – 934 697 ta.

Avtotransport vositalarining çegara-bojxona postidan ötişga sarflangan örtaça vaqti 2017 yilda 65, 2018 yilda 58, 2019 yilda 55, 2021 yilda 52 hamda 2022 yilda 37 daqiqani taşkil etgan. Faqatgina 2020 yilda qöşimça sanitariya epidemiologik tekşiruvlar talab qilingani bois bu vaqt 72 daqiqaga çözilgan.


















