Qayd etilişiça, örmonzorlaştiriş qurigan dengiz qismidan zararli tuz va çanglarning kötarilişiga tösqinlik qiladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Örmon xöjaligi davlat qömitasi tomonidan Orol dengizi qurigan qismida 1 million 620 ming gektar maydonda saksovul, tamariks va boşqa çöl ösimliklaridan iborat örmon barpo etildi.
Orolqumda 2023 yil davomida yana 100 ming gektar maydonda örmonzorlaştiriş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Mavsum oçiliş marosimida favqulodda vaziyatlar vaziri, Jöqorği Kengesi raisi, Ekologik partiya raisi va boşqalar iştirok etdi.
Orol qurigan tubidagi kökalamzorlaştiriş işlari prezidentning Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Tursunxon Xudayberganov tomonidan muvofiqlaştirilmoqda.

















