Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi uçun Ğarb tomonidan sanksiyaga uçragan Rossiya banklari «döstona» mamlakatlarda işlay olmayapti, çunki ular jazo çoralariga töliq amal qilyapti. Bu haqda «Kommersant» gazetasi tomonidan taşkil etilgan «Rossiya moliya bozori global muammolar qarşisida. Yakunlar va prognozlar» konferensiyasida Rosbank raisi örinbosari Aleksandr Raxmanin aytib ötdi, deb xabar bermoqda RBK 31 yanvar, seşanba kuni.

Xususan, Xitoy, Turkiya, Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) va Markaziy Osiyo respublikalari moliyaviy taşkilotlari Rossiya banklari bilan hamkorlik qilişdan boş tortmoqda, dedi Raxmanin.

Xitoyning eng yirik davlat banklari Bank of China, ICBC, China Construction Bank bloklovçi sanksiyalar ostidagi Rossiya banklaridan tölovlarni qabul qilmaydi. Rossiya banklari ham Xitoy yuanidagi tranzaksiyalardan foydalangan holda jazo çoralarini çetlab öta olmaydi, çunki Xitoyning butun tölov tizimi SWIFT xalqaro banklararo tizimidan foydalanadi, dedi rossiyalik bankir. Şuning uçun, Rossiya banki, agar biron-bir sababga köra undan uzilgan bölsa, transçegaraviy tölovlarga kiriş imkoniga ega emas.

Aleksandr Raxmaninning sözlariga köra, turk banklari ham Ğarb sanksiyalariga qat’iy rioya qilib, ularga tuşgan Rossiya banklari uçun vakillik hisoblarini oçişdan boş tortmoqda. «Rossiya bank sektorining muhim qismi sanksiyalardan ta’sirlangani» uçun Turkiyada faqat tizimli ahamiyatga ega bölmagan ikkinçi darajali Rossiya banklari faoliyat körsatişi mumkin. Sanksiyalar tufayli Rossiya banklari transçegaraviy operatsiyalarda liradan töliq foydalana olmaydi.

Rossiya banklari BAAda ham muammolarga duç kelmoqda, u yerda mahalliy regulyator «Rossiya bilan savdoda AQŞ dollarini dirhamlarga töliq almaştirişga ruxsat bermaydi», dedi Raxmanin. Uning sözlariga köra, taxminan xuddi şunday qiyinçiliklarni Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Tojikistondagi Rossiya banklari boşdan keçirmoqda.

Rossiyada 20 dan ortiq bank AQŞ, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sanksiyalari ostida qoldi. Ulardan töqqiztasi, jumladan "Sberbank", Rosselxozbank va VTB SWIFT xalqaro tölov tizimidan uzilgan.