Bu yil Myunxen xalqaro xavfsizlik konferensiyasiga Rossiya hukumati vakillari taklif qilinmayapti, deb ma’lumot berdi konferensiya raisi Kristof Xoysgen 1 fevral, çorşanba kuni MDR telekanaliga bergan intervyusida. U buni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tarğiboti uçun xavfsizlik masalalari böyiça nufuzli xalqaro forumda platforma taqdim etişni istamasligi bilan izohladi.

«Kremldan biz har kuni eşitayotgan bayonotlar Rossiya Putin uruş maqsadi deb e’lon qilgan narsadan, ya’ni Ukrainani yöq qilişdan bir zarra ham çekinadi, degan xulosaga kelişimizga imkon bermaydi», deb tuşuntirdi Xoysgen. Unga köra, hukumat amaldorlari örniga Rossiyadan fuqarolik jamiyati va muxolifat vakillari, jumladan şaxmat böyiça sobiq jahon çempioni Garri Kasparov va oligarx Mixail Xodorkovskiy taklif qilingan. 

Avvalroq sobiq kansler Angela Merkelning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi bölib işlagan Xoysgen Germaniyaning Ukrainani qöllab-quvvatlaşini himoya qilyapti. 

«Putin oxir-oqibat sovet ittifoqini qayta tiklaşni xohlaşini aniq aytdi. Agar Rossiya prezidenti Ukrainada muvaffaqiyat qozonsa, u Boltiqböyi mamlakatlariga ham bostirib kiradi. Bu davlatlar NATOga a’zo bölgani uçun Germaniyaga, ittifoqçilik majburiyatlariga bevosita ta’sir qiladi. Buning oldini oliş kerak, şuning uçun Ukrainaga yordam beriş kerak», dedi Kristof Xoysgen. 

Xalqaro Myunxen xavfsizlik konferensiyasi 17 fevral kuni oçiladi.