Bu Vazirlar Mahkamasining «Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni röyxatga oliş tartibi takomillaştirilgani munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 28 sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston hududida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida»gi qarorida qayd etilgan.

Hujjat bilan çet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlari, joylaştiriş vositalari yoki davolaş muassasalarida vaqtinça röyxatga oliş uçun yagona muddat örnatilmoqda – 3 kun içida.

Mamlakatda böliş qoidalarini buzgan, boşqa qoidabuzarliklarga yöl qöygan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni joylaştiriş vositalari va davolaş muassasasida vaqtinça röyxatga olişni faqat içki işlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oşiriş tartibi bekor qilinmoqda.    

Endilikda bunday huquqbuzarliklarga yöl qöygan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni joylaştiriş vositalari va davolaş muassasalari ma’muriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy içki işlar organlariga E-mehmon dasturi orqali xabar bergan holda joylaştiradi.