Prezident Şavkat Mirziyoyev 1 fevral kuni vodiyga safari davomida Andijon tumanidagi 55-maktabda böldi. Davlat rahbari maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va şu maktab direktori bilan suhbatlaşdi.
“Biz direktorni qölsiz, oyoqsiz, közsiz qilib qöyganmiz. “Rayono”ning mudiri yötalsa, yötaladi, yötalmasa, yötalmaydi – töğrisi şu endi. Mana şu narsani yöq qiliş kerak. Hamma narsa maktabda.
(H.Umarovaga) Nazoratini qilsin sizning tizimingiz, lekin ularga ham erkinlik beriş kerak. Talab kuçli bölişi kerak, şu bilan birga vakolatlari ham yuqori bölişi kerak. Bitta odamni böşatişga ham “rayono”ga boriş kerak, qanaqasi bu?” – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident sinfxonaga kirib, öqituvçilar bilan suhbatlaşdi.
“Har bir muallim ham hozirgi farzandlarimizga munosib bölib auditoriyaga kira olmaydi. Bozor iqtisodiyoti, hammamiz bilişimiz kerak, şafqatsiz. Bilmaganni qabul qila olmaydi. U yölini topa olmaydi bozor iqtisodiyotida”, – dedi u.
Mirziyoyev bu maktabning yertölasida tadbirkorlarga ajratib berilgan kasb örgatiş joyida ham böldi. Bu yerda yuqori sinf öquvçilari tikuvçilik, mebelçilik, qandolatçilik, kosibçilik, savat töqiş, körpa-töşak tikiş kabi yönalişlarni örganmoqda. Maktab hududida avtotexxizmat, payvandlaş, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar bor.

















