Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda O‘zbekiston-Xitoy sanoat parki tashkil etiladi
“Navoiy” EIZ direksiyasi va Shenjyen maxsus iqtisodiy zonasi kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish ham rejalashtirilmoqda.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev bilan ZOOM tarmog‘i orqali uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda Kun.uz’ga hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hokimlik va elchixona mas’ullari ishtirokidagi muloqotda Xitoydagi yirik provinsiyalar va Navoiy viloyati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashilgan. Xususan, elchixona va hokimlik o‘rtasida Navoiy-Xitoy savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini jadallashtirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini imzolash bo‘yicha kelishib olingan.
Yo‘l xaritasida Navoiy viloyati va Futszyan provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash, Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida viloyatda O‘zbekiston-Xitoy sanoat parkini tashkil etish, unda kimyo, qurilish materiallari va sanoatning boshqa muhim yo‘nalishlarida investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, viloyat hududida kelgusida quyosh panellarini ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasida ham fikr almashilgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026