Bunday holatda, ba’zi xususiy AYoQŞlar tomonidan avtobenzinni noqonuniy realizatsiya qiliş, şoxobçalarda narxlarni sun’iy oşiriş, sifatsiz benzin yonilğisini sotiş kabi holatlar sodir etilmoqda. Xususan, birja savdolari orqali sotib olingan va belgilangan tartibda yetkazib berilgan AI-80 rusumli avtobenzinni AYoQŞlarda sotmaslik yoki AI-92 körinişida sotiş holatlari uçramoqda.

Bu öz navbatida, “Özbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “UNG Petro” MÇJ avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalariga yuklamaning oşişiga olib kelmoqda.

Yoqilği quyiş şoxobçalarida mavjud kolonkalar (odatda 2-4 ta) yoqilği quyiş böyiça maksimal quvvatlarda işlatilayotgani va uşbu quvvatlar mavjud oqimni bir vaqtda ta’minlaş imkonini ta’minlamayotganligi oqibatida şoxobçalarda AI-80 markali benzin mahsulotining realizatsiya qilinişida sezilarli navbatlar yuzaga kelmoqda. 

Yuqorida körsatilgan holatlarning oldini oliş maqsadida, hozirda Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi (“Özneftgazinspeksiya”) tomonidan huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikda işçi ştab taşkil etilgan va nazorat tadbirlari ötkazilmoqda.

Respublika iste’molçilarini uzluksiz va bir maromda avtobenzin bilan ta’minlaş, narxlarni keskin ösişining oldini oliş, bozorda talab va taklif muvozanatini ta’minlaş hamda içki bozorda tanqislikning vujudga kelişiga yöl qöymaslik maqsadida, “Özbekneftgaz” AJ tomonidan tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, işlab çiqariş hajmlari oşirilib, kunlik örtaça 4,6 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin işlab çiqarilmoqda. Şundan Buxoro neftni qayta işlaş zavodi 3,1 ming tonna va Farğona neftni qayta işlaş zavodi 1,5 ming tonna.

Joriy yilning yanvar oyida birja savdolariga jami 136,5 ming tonna (örtaça birja kunida 6 203 tonna) AI-80 rusumidagi avtobenzin sotiş uçun joylaştirilib, AYoQŞlar tomonidan xarid qilindi. Bu körsatkiçni ötgan yilning mos davriga soliştirganda 44,6 ming tonnaga köpdir. 

Jumladan, AI-80 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga joylaştiriladigan hajmi oşirilmoqda. Masalan, 31 yanvar kuni birja savdolariga 5 550 tonna AI-80 avtobenzin sotiş uçun joylaştirildi.

Jamiyat tomonidan yaratilgan zaxira, şuningdek işlab çiqarilgan avtobenzin hisobidan 163,6 ming tonna (örtaça kunlik 5 276 tonna) va ötgan yilning mos davriga nisbatan 74,7 ming tonnaga köp avtobenzin yetkazib berilişi ta’minlandi.