Payme muhim hayotiy vazifalarni hal qiliş uçun – Payme Mahalla platformasini yaratdi.
Payme Mahalla - bu virtual dastur maydoni bölib, unda har bir foydalanuvçi hayotni biroz yaxşilaş uçun ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga öz hissasini qöşişi mumkin.


Iştirok etiş uçun Payme ilovasida amalga oşirilgan har qanday tranzaksiyadan olinadigan töplangan ballar bilan hissa qöşiş kifoya edi.
Kerakli miqdordagi ball töplanişi bilanoq topşiriq bajarilgan deb hisoblanadi va u hayotga tatbiq etiladi.
Birinçi missiya uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi maktab öquvçilariga sifatli ta’lim olişlari uçun yanada keng imkoniyatlar yaratiş – çekka hududlardagi bir qança maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlaşdek oddiy, ammo muhim vazifa tanlandi. Xayriya loyihasi "ONA" jamoat fondi bilan hamkorlikda amalga oşirildi.
Atigi 2 kun içida ballarni yiğiş yakunlandi va 5000 dan ortiq hissalar qöşildi!


Darhol kompyuterlar sotib olinib, Nukusga yuborildi. Yangi çorakdan boşlab 385 nafar maktab öquvçilari yangi qurilmalarda ta’lim olişlari mumkin. Kompyuterlarni topşiriş jarayoni tasvirlangan foto va video hisobotni quyidagi rolikda tomoşa qilişingiz mumkin.
Mahalla birovning hovlisi ham, şahar-köçasi ham emas, umuman biror mahalliy joy ham emas. Mahalla - bu odamlarning özaro munosabati, bir-birini taniydimi yoki yöqmi, bundan qat’i nazar bir-biriga nisbatan iliq va döstona munosabati demak.


















