Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi Sadda tagi mahallasida bölib, aholi turmuşi bilan tanişdi.
Bu mahallada 3 600 nafardan ortiq aholi yaşaydi. Oilalar yerdan unumli foydalanadi. Keyingi yillarda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida parrandaçilik, uzumçilik, issiqxonalar taşkil etilmoqda. Şuningdek, mahalla hududida töqimaçilik korxonasi, oziq-ovqat dökonlari va ustaxonalar bor.
Ötgan yili mahalla binosi yangidan qurilib, köçalar ta’mirlandi, işkomlar barpo etildi. Mahallada işsizlik kam, ötgan yili birorta ham jinoyat bölmagan.


Davlat rahbari şu yerlik Diyor Mamadaliyev xonadonida mehmon böldi.
Ma’lumki, Andijon viloyatida aholi ziç joylaşgan. Uy-joyga talab katta. Jumladan, Mamadaliyevlar uyida ham beş oila yaşayotgandi. Şu bois xonadon hovlisida tajriba tariqasida yiğma uylar qurildi. Ular kamxarj, issiq-sovuq va yonğinga çidamli, quriş ham oson.
Prezident mezbonlarni yangi uylar bilan muborakbod etdi. Binoning loyihasi, quriliş materiallariga e’tibor qaratdi.


“Uy insonning eng asosiy ehtiyojlaridan biri. Ham davlat, ham tadbirkorlar tomonidan köplab turar joylar qurilayotgani xalqimiz manfaatini ta’minlayapti. Tanlov imkoniyatini kengaytiriş uçun, ehtiyojmandlar uçun bunday arzon uylar ham kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bunday uylarni köpaytiriş, ular uçun zarur quriliş materiallarini mahalliylaştiriş böyiça körsatmalar berildi.























