Muddatidan oldin tuğilgan bolalarni parvarişlaş oson keçmaydi. Bunday vaziyatda şifokorlar va ota-onalar bor imkoniyatlarini işga solib, bolaning yaşab ketişi uçun kuraşişadi. Kun.uz muxbiri Toşkent şahridagi perinatal markazida bölib, muddatidan oldin tuğilgan bolalar onalari va ularni parvarişlagan şifokorlar bilan suhbatlaşdi.

Juda kam vaznli çaqaloqlarni saqlab qoliş maxsus reanimatsiya örinlari, issiq saqlaydigan inkubator, isitkiç stollari, nafas oliş uçun yordam beradigan apparatlar, zamonaviy neonatal jihozlarini talab etadi. Bu böyiça Toşkent şahar perinatal markazida ma’lum tajriba töplangan.

Soğliqni saqlaş vazirligi bergan ma’lumotga köra, Özbekistonda yiliga tuğilgan çaqaloqlarning 5 foizi muddatidan oldin tuğiladi. Ularning 0,2-0,3 foizini juda kam vaznli çaqaloqlar taşkil qiladi. Bugungi kunda 500 grammdan 1000 grammgaça bölgan zaif çaqaloqlarning yaşab qoliş körsatkiçi 3 barobar oşgan.

“Bunday çaqaloqlar tuğilganda hayoti xavf ostida böladi. Ularni parvariş qiliş, tibbiy yordam körsatiş oson iş emas. Juda köp muolajalar qilinadi. Yutuqlarimizdan biri şuki, kam vaznli çaqaloqlar uçun har bir viloyatda hududiy perinatal markazlar taşkil etilgan. Ular zaif tuğilgan çaqaloqlarni qabul qiladi va parvarişlaydi”, – deydi Toşkent şahar perinatal markazining neonatal xizmati böyiça direktor örinbosari Malika Usmonova.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, bola homiladorlikning 22-haftasida tuğilib, vazni 500 gramm va undan oşsa, böyi 25 smdan ortiq bölsa, u tirik tuğilgan hisoblanadi. Kam vazn bilan tuğilganlik uçta darajaga bölinadi:

– kam vaznli – 2500-1500 gramm;

– örta kam vaznli – 1499-1000 gramm;

– juda kam vaznli – 999-500 gramm.

Ammo 500 grammga ham yetmay, Toşkent şahar perinatal markazida tuğilgan qizaloq yaşab ketgan. Bu haqda qizning onasi gapirib berdi.