Özbekiston elçixonasi va Navoiy viloyati hokimligi örtasida Navoiy – Xitoy savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini jadallaştiriş böyiça 2023 yilga möljallangan «yöl xaritasi»ni imzolaş kelişib olindi.

Mazkur «yöl xaritasi»ga asosan joriy yilda bir qator ustuvor vazifalarni amalga oşiriş belgilangan. Navoiy viloyati va Xitoyning Futszyan provinsiyasi örtasida hamkorlik bitimini imzolaş, viloyatda «Özbekiston-Xitoy sanoat parki»ni taşkil etiş, unda kimyo, quriliş materiallari va sanoatning boşqa muhim yönalişlarida investitsion loyihalarni amalga oşiriş, «Navoiy» EIZ direksiyasi va Şenjyen maxsus iqtisodiy zonasi kompaniyalari örtasida hamkorlik örnatiş şular jumlasidan.

Uçraşuvda viloyatda elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlarini yanada oşiriş maqsadida Xitoyda işlab çiqarilayotgan muqobil elektr energiyasi işlab çiqariş tizimlarini Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonalarida joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Kelgusida quyoş panellarini viloyat hududida işlab çiqarişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş borasida fikr almaşildi.

Muzokaralarda özaro hamkorlikda toğ-kon, kimyo, maşinasozlik, tekstil va töqimaçilik, quriliş materiallari kabi qator sohalarni rivojlantiriş istiqbolli ekanligiga e’tibor qaratilib, tomonlar Navoiy viloyatida xitoylik investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar hamda Xitoy tomonidan investitsiyalarni jadallaştiriş masalalarini muhokama qildi.