AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken mamlakat şimolida havo şari topilgani sababli Xitoyga taşrifini qoldirdi. ABC News xabariga köra, Vaşington uşbu havo şarini Xitoyga tegişli meteorologiya aerostati va ğarbiy şamollar ta’sirida tasodifan AQŞ havo hududiga kirgan deb hisoblaydi.
ABC News manbasiga köra, Blinken havo şari bilan boğliq vaziyat börttirilişini istamaydi, şuning uçun u kelasi haftadagi taşrifini bekor qilmaydi, balki keyinga qoldiradi. Şuningdek, u aerostat masalasi Xitoy bilan bölajak muzokaralarda asosiy muhokama mavzusiga aylanişini istamaydi, deb qöşimça qildi telekanal suhbatdoşi.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi, öz navbatida, sodir bölgan voqeadan afsusda ekanligini bildirdi. Vazirlik matbuot xizmati Xitoy tomoni uşbu fors-major vaziyatni töğri hal etiş maqsadida AQŞ bilan aloqalarni davom ettirişini qayd etdi.
3 fevral kuni tongda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder departament bir neça kundan beri mamlakat şimoliy hududlarida Xitoy razvedka havo şarini kuzatganini ma’lum qilgandi. NBC telekanali xabariga köra, havo şari 31 yanvar kuni Billings şahri (Montana), şuningdek, Aleut orollari va Kanada ustidan ham uçib ötgan. Aholi uçun xavf tuğdirişi sababli şar urib tuşirilmagan.

















