Kometa 50 ming yil içida birinçi marta sayyoramizga yaqinlaşdi. Kometa 2023 yil 1 fevralda Yerga eng yaqin masofada uçib ötib, yorqin körinişga kelgan edi. Buni sayyoramizning şimoliy yarimşarida köriş mumkin edi. Kometani 7-15 fevral kunlari tungi vaqtda yana kuzatiş imkoniyati bor.

C/2022 E3 (ZTF) kometasi 2022 yil 2 martda Kaliforniyadagi (AQŞ) Palomar observatoriyasi tomonidan kaşf etildi. Olimlar hisob-kitobiga köra, bu kometa har 50 ming yilda Quyoş atrofida töliq aylanib çiqadi. Demak, uni Yerdan oxirgi marta yuqori paleolit davrida kuzatiş mumkin bölgan. Şu vaqtda odamlar endigina Osiyo va Yevropada joylaşa boşlagan edi.