Hongkong hukumati turizmni tiklaşga kömaklaşiş uçun 2023 yilda 500 mingta bepul çipta tarqatilişini e’lon qildi. Bu haqdagi ma’lumot Hongkong xalqaro aeroporti saytida paydo böldi.
Çipta «öyini» 2023 yil mart oyida boşlanadi va dastlabki ikki oy davomida faqat Janubi-Şarqiy Osiyo va Xitoy aholisi uçun, may oyidan esa hamma uçun oçiq böladi.
Turistlar Cathay Pacific, HK Express va Hongkong Airlines aviakompaniyalari tomonidan taşiladi. Çipta öyinida iştirok etiş uçun maxsus sahifada yoki aviakompaniyalarning veb-saytlarida röyxatdan ötiş kerak.
Hongkong Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududi bölib, dunyoning yetakçi global şaharlari va moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Hongkong umr köriş davomiyligi böyiça dunyoda birinçi örinda turadi, şuningdek, eng baland osmonöpar binolar soni böyiça ham dunyo şaharlari orasida yetakçi hisoblanadi.

















