Isroilning sobiq boş vaziri Naftali Bennet uruşning ilk kunlarida Vladimir Putin unga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni öldirmaslikni va’da qilgani haqida eslagan. Bu haqda The Jerusalem Post naşri xabar berdi.

Isroildagi 12-kanalga bergan intervyusida mamlakat hukumatini 2021-2022 yillarda boşqargan Bennet 2022 yil bahorida Moskvaga taşrif buyurganida RF prezidenti bilan uşbu masalani ham muhokama qilganini aytib bergan. Sobiq boş vazirning sözlariga köra, u Rossiya prezidentiga Ukraina prezidentining hayoti haqida töğridan töğri savol bergan, Putin esa şunday javob qaytargan: «Men Zelenskiyni öldirmoqçi emasman». Öşanda Bennet Rossiya prezidentidan bunga söz berişni söragan va Putin bunday qilmoqçi emasligini takrorlagan.

Uçraşuvdan keyin Bennet bu vaqtda maxfiy bunkerda bölgan Zelenskiyga Putinning va’dasini yetkaziş uçun qönğiroq qilgan va uning hayotiga xavf yöqligini xabar qilgan:

«Meni eşit, hozir yiğilişdan çiqdim, u seni öldirmoqçi emas». U söradi: «Işonçing komilmi?» Men aytdim: «100 foiz, u seni öldirmaydi».

Bennetning eslaşiça, şundan bir neça soat ötib Ukraina prezidenti öz ofisidan video e’lon qilgan.

Isroilning sobiq boş vaziri uning barça harakatlari AQŞ, Germaniya va Fransiya bilan kelişilganini qöşimça qilgan.

Bennetning ta’kidlaşiça, uning vositaçiligida Putin Ukraina armiyasini qurolsizlantirişga erişiş maqsadidan qaytgan, Zelenskiy esa NATOga a’zo bölib kirmaslikka va’da bergan.

Bennet oldin ham keng kölamli bosqinning ilk haftalarida Ukraina va Rossiyani yaraştirişga qanday uringani haqida aytib bergandi. Uning sözlariga köra, bosqindan bir neça kun ötib Putin unga «ukrainlar menga aytişganidan ança bardoşliroq bölib çiqdi» degan. Ammo u Naftali Bennetni şunday ogohlantirgan «Biz katta mamlakatmiz va bizning sabrimiz yetarli». 

Bennet şuningdek 2021 yil oktyabrida, uning Putin bilan ilk uçraşuvi vaqtida Rossiya prezidenti Volodimir Zelenskiy haqida öşqirib şunday deganini eslagan: «U qanaqasiga yahudiy bölsin? U natsizmga şerik».

  • 2022 yil martida Britaniyaning The Times gazetasi bir hafta içida Volodimir Zelenskiyning hayotiga uç marta suiqasd uyuştirilgani haqida xabar qilgandi. Naşr ma’lumotlariga köra, mamlakatga Ukraina prezidentini öldiriş topşiriği bilan ikki guruh kelgan — «Vagner» XHK yollanmalari va çeçenlarning maxsus topşiriqli bölinmasi — ammo ularning rejasiga Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining uruşga qarşi çiqqan xodimlari xalaqit qilgan. 2023 yil yanvarida Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganidan buyon Zelenskiy kamida 12 marta suiqasdni boşdan keçirgani, şuning bir qismining oldini olişda Markaziy razvedka boşqarmasi yordam körsatgani xabar qilindi.