AQŞ Respublikaçilar partiyasining kamida sakkiz nafar taniqli vakili praymerizda sobiq prezident Donald Tramp bilan raqobatlaşişi mumkin, deb yozdi The Hill gazetasi. Hozirça u prezidentlikka nomzodini qöyiş niyatini e’lon qilgan yagona siyosatçi hisoblanadi.
Jumladan, Qöşma Ştatlarning Birlaşgan Millatlar Taşkilotidagi sobiq elçisi Nikki Heyli prezidentlikka nomzodini qöyişini istisno etmayapti va bu haqda 15 fevral kuni rasman e’lon qilişi mumkin.
Yana bir nomzod Florida ştati gubernatori Ron DeSantis bölişi mumkin. U saylovda qatnaşiş niyatini rasman e’lon qilmagan, ammo juda maşhur. Köplab sörovlar natijalariga köra, Tramp emas, aynan DeSantis respublikaçilar tarafdorlarining xayrixohligi böyiça yetakçilik qilgan.
Yana bir «oğir vaznli» siyosatçi, AQŞ sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens ham nomzodini qöyişi mumkin. Avvalroq u yaqin oylarda bir qarorga kelişini aytgan edi. Biroq, sönggi kunlarda uning nomi maxfiy hujjatlar bilan boğliq mojarolar fonida matbuotda tez-tez tilga olinmoqda. Hatto tintuvlar Pensning uyida ham ötkazilişi mumkin.
Sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo dekabr oyida öz rejalarini 2023 yilning bahorida e’lon qilişini aytgan edi. Sönggi paytlarda u prezidentlikka nomzodini qöyişi mumkinligini anglatuvçi harakatlarni amalga oşirmoqda. Xususan, u öz xotiralarini e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqlarda sobiq rahbari Trampga qarşi keskin «hujumlar» qildi.
Şuningdek, Arkanzas ştatining sobiq gubernatori Asa Hatçinson, Virjiniya gubernatori Glenn Yangkin, Merilend ştatining sobiq gubernatori Larri Hogan va Janubiy Karolina senatori Tim Skott prezidentlikka da’vogarlik qiliş niyatini e’lon etişi mumkin. Ularning har biri, deb yozadi naşri, turli vaqtlarda bunday imkoniyatni jiddiy körib çiqişga tayyor ekanligini e’lon qilgan.
AQŞda prezidentlik saylovi 2024 yilda bölib ötadi. Undan oldin demokratlar ham, respublikaçilar ham öz nomzodini tanlab olişi kerak böladi.

















