Yevropa Ittifoqi Kengaşi (YeK) Rossiyadan keladigan neft mahsulotlari narxining yuqori çegarasini rasman tasdiqladi.
Benzin va dizel yoqilğisi uçun eng yuqori narx bir barrel uçun 100 dollar, çegirma bilan sotiladigan mahsulotlar uçun esa 45 dollar etib tasdiqlandi. Bu haqda YeI kengaşi press-relizida ma’lum qilindi.
Çeklovlar 5 fevraldan kuçga kiradi. Uşbu muddatdan oldin sotib olingan va yuklangan Rossiya neft mahsulotlarini taşuvçi kemalar uçun 55 kunlik ötiş davri belgilanadi. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi Kengaşi mart oyining örtalaridan boşlab xom neft narxini çeklaş mexanizmini qayta körib çiqişni rejalaştirmoqda. Uşbu çeklovni har ikki oyda muntazam ravişda körib çiqiş rejalaştirilgan.
Şunga öxşaş çeklovlar ertadan boşlab Qöşma Ştatlar tomonidan joriy etiladi. Avvalroq, G7 davlatlari va Avstraliya rasmiylari xuddi şu çora haqida kelişib olgan edi. Ularning barçasi bir barrel uçun 100 dollar va 45 dollar narx çegaralarini joriy qiladi. Bundan taşqari, 5 fevraldan YeI ham Rossiya neft mahsulotlariga embargo joriy qilişni rejalaştirgan.

















