Ukraina hukumati Rossiyaning yangi keng kölamli hujumni boşlaş niyati haqida «razvedkadan juda işonçli ma’lumot» oldi. Bu haqda 6 fevral, yakşanba kuni Ukraina Qurolli kuçlarining özini taniştirmagan maslahatçisiga tayanib, Financial Times xabar berdi. Unga köra, hujum keyingi 10 kun içida boşlanişi mumkin.
Mutaxassislar Luhansk viloyatining ötgan yil kuzidagi qarşi hujum paytida Ukraina armiyasi tomonidan ozod qilingan Kremennaya va Liman şaharlari yaqinidagi ğarbiy qismini uning ehtimoliy yönalişi deb atamoqda. Mahalliy rasmiylar va Ğarb tahlilçilariga köra, Rossiya bir neça haftadan beri bu yönalişda qöşin töplamoqda. Ayni paytda, Moskva Donetsk viloyati janubida öz kuçlarini töplamoqda, deya ta’kidlaydi gazeta.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 fevral kuni keçki murojaatida OAVda rus qöşinlari fevral oyida «ötgan yilgi mağlubiyatlarni qaytarişni» rejalaştirayotgani haqidagi xabarlarga işora qilib, Donetsk viloyatidagi «juda oğir vaziyat» va şiddatli janglarni qayd etdi. «Ammo qançalik oğir bölmasin va qanday bosim bölmasin, biz çidaşimiz kerak», dedi u.
Öz navbatida, Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov öşa kungi matbuot anjumanida uning mamlakati Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganining yaqinlaşib kelayotgan bir yilligi munosabati bilan fevral oyida Rossiyaning ehtimoliy hujumini kutayotganini aytdi, sababi Rossiya «ramziy narsalarni yaxşi köradi».


















