Isroilning sobiq boş vaziri Naftali Bennet 5 fevral, yakşanba kuni iste’foga çiqqanidan keyin olti oy içida bergan birinçi katta intervyusida Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni töxtatişga urinişlari haqida gapirdi. Sobiq siyosatçining sözlariga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy unga vositaçi böliş iltimosi bilan murojaat qilgan.

Şundan söng Bennet Ukraina va Rossiya davlat rahbarlari bilan bir qator alohida muzokaralar ötkazdi, öt oçişni töxtatiş böyiça ehtimoliy kelişuv loyihalarini tayyorladi va topşirdi. Bennett özining barça harakatlarini Qöşma Ştatlar bilan muvofiqlaştirgan, deya aniqlaştirdi u. Şu bilan birga, Bennetning sözlariga köra, 2022 yil martida, uruş boşlanganidan köp ötmay, Moskva va Kiyev mojaroni hal qilişning turli variantlarini, jumladan, jiddiy yon berişlarni körib çiqişga tayyor edi. Şu tariqa, 5 mart kuni Moskvada bölib ötgan Rossiya prezidenti bilan deyarli yaşirin muzokaralarda, dedi Bennet, Vladimir Putin göyoki Ukrainani qurolsizlantiriş va «denatsifikatsiyasi»ni talab qilmaslikka rozi bölgan. Zelenskiy bunga javoban Ukrainaning NATOga kirişini rad etişga rozi edi.

Isroil sobiq boş vazirining sözlariga köra, aprel oyida Kiyev yaqinidagi Buça şahrida rossiyalik harbiylarning tinç aholini öldirişi faktlari aniqlanganidan keyin barça muzokaralar öz mazmunini yöqotdi. Bennetning aniqlik kiritişiça, Buçadan oldin, ba’zi Ğarb rahbarlaridan farqli ölaroq, sulh bölişi mumkinligiga işongan. «Imkoniyat bor edi, lekin şundan keyin sulh tuzişga arzigan bölardimi?» - dedi Isroil hukumatining sobiq rahbari.

Bennet Putin bilan uçraşuvi vaqtida Kiyevning qulaşi ehtimoli yuqori bölganini esladi. Aytilişiça, u Rossiya rahbaridan Zelenskiyni jismonan yöq qilmoqçimisiz, deb söragan. «Yöq, men Zelenskiyni öldirmayman», — deya Isroil sobiq boş vaziri Putinning sözlaridan iqtibos keltirgan. Bennetning sözlariga köra, şunga qaramay u suhbatdoşidan Rossiya Ukraina rahbarini jismonan yöq qilişga urinmasligi haqida söz berişini söragan va bunday kafolat olgan. Keyinroq Bennet maşinadan Zelenskiyga qönğiroq qilib, Putinning sözlarini yetkazgan.

Rossiya va Ukraina prezidentlarining vakillari hozirça Bennetning sözlariga izoh berişmagan. Faqat Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya prezidenti odatda öz sözida turmasligini eslatdi. «Ötmişda Putin Qrimni işğol qilmaslikka, Minsk kelişuvlarini buzmaslikka, Ukrainaga bostirib kirmaslikka va’da bergan edi, lekin hammasini qildi. Aldanmang: u yolğonçi. Har safar heç narsa qilmaslikka va’da bergan, bu uning rejasining bir qismi», — deb yozdi diplomat Twitter'da.