Rossiya va Eron rasmiylari Tataristonning Yelabuga şahrida Eronning Shahed-136 kamikadze dronlarini işlab çiqaruvçi zavod qurişni rejalaştirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal 5 fevral, yakşanba kuni manbalarga tayanib.
WSJ suhbatdoşlariga köra, yanvar oyi boşida Eronning generallar va qurol-yaroğ işlab çiqaruvçi kompaniyalar top-menejyerlaridan iborat yuqori martabali delegatsiyasi Rossiyaga kelgan. Ular zavod qurilişi rejalaştirilgan maydonga taşrif buyurişdi va loyihani işga tuşiriş uçun zarur bölgan tafsilotlarni muhokama qilişdi.
Oq uy Kremlning bunday niyatlari haqida ötgan yilning dekabr oyida xabar bergan edi, deya qayd etadi WSJ. Hozir, AQŞ ma’muriyatining manbalariga köra, muzokaralar aniq rejalarga aylangan. Şu bilan birga, gazeta yozganidek, zavod qurilişi hali boşlanmagan va şuning uçun u hali frontdagi vaziyatga ta’sir qilmaydi.
Tehron va Moskva Eronning Shahed-136 dronining takomillaştirilgan, tezroq versiyasini işlab çiqmoqçi. Rejaga köra, zavod «yaqin yillarda» 6 mingga yaqin dron işlab çiqarişi mumkin böladi, deb yozadi WSJ.
Bölajak zavod Eron va Rossiya örtasidagi milliard dollarlik kelişuvning bir qismidir, deydi AQŞ rasmiylari. Uning bir qismi sifatida Moskva Tehronni Ukrainadagi jang maydonida qölga kiritgan qurol-yaroğ bilan ta’minlamoqda, ularni rekonstruksiya qilişga urinmoqda, dedi WSJ manbasi.
Rossiya harbiylari Ukraina energetika obektlariga zarba beriş uçun Eronning Shahed-131/136 kamikadze uçuvçisiz uçoqlarini işlatyapti. Kreml Eron dronlaridan foydalanişini rad etib, özining "Geran-1" va "Geran-2" uçuvçisiz uçoqlaridan foydalanişini ta’kidlamoqda. WSJ ta’kidlaganidek, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari Shahed-136 tahdidini yöqqa çiqarişga muvaffaq böldi.


















