Yanvar oyida Moliya vazirligi keskin oşgan budjet taqçilligini qoplaş uçun birinçi marta Milliy farovonlik jamğarmasidan (MFJ) oltin sotdi. Bu haqda 6 fevral, duşanba kuni vazirlikning özi ma’lum qildi. 

Jami 3,6 tonna oltin sotilgan. Bundan taşqari, Moliya vazirligi xuddi şu maqsadlar uçun 2,3 milliard yuan (309 million yevro) sotgan. Savdodan jami 38,5 milliard rubl tuşdi, deb xabar berdi vazirlik. Fevral oyida Moliya vazirligi MFJdan uç baravar köp Xitoy yuanini 160 milliard rublga sotişni rejalaştirmoqda, deb xabar qilgan vazirlik. 

Yanvar oyida Rossiya budjeti taqçilligi 1,76 trillion rublni taşkil etdi, deb xabar qildi Moliya vazirligi. Budjet xarajatlari 59 foizga oşdi - 3,117 trillion rublgaça. Daromadlar 1,356 trillion rublni taşkil etdi, bu 2022 yil yanvar oyiga nisbatan 35 foizga kam. Moliya vazirligida budjet taqçilligining keskin ösişi davlat xaridlari xarajatlarining beş baravar oşişi, şuningdek, neft va gaz daromadlarining 426 milliard rublgaça kamayişi bilan izohlandi, bu ötgan yilning yanvar oyiga nisbatan 46 foizga kam.

Milliy farovonlik jamğarmasining umumiy hajmi 1 fevral holatiga köra 10,8 milliard rublni taşkil etdi. Ular - 307,4 milliard yuan, 551 tonna oltin, 530 million rubl va 10,4 milliard yevro. 

Ötgan yilning oxiridan boşlab Moliya vazirligi MFJ tuzilmasini özgartirdi. Endilikda yuan zaxiralarning 60 foizigaça, oltin esa 40 foizigaça yetgan bölişi mumkin. Ilgari bu nisbatlar mos ravişda 30 va 20 foizni taşkil qilgan. Endi vazirlik MFJdagi «döst bölmagan mamlakatlar valutalari» uluşini kamaytirayotganini e’lon qildi.