Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) mahbuslarni Ukrainadagi uruşga yollaş uçun yana koloniyalarni aylanib çiqişni boşladi, deb yozdi «Mediazona».  

Biroq, endi XHK egasi, milliarder Yevgeniy Prigojin şaxsan koloniyalarga bormayapti, balki qöl ostidagilarni yubormoqda. 

Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, uruşga yollaşning birinçi tölqinidan söng, Ukrainaga otlanişga tayyor mahkumlar soni sezilarli darajada kamaygan. Agar ilgari bir neça yuzlab mahbuslar «Vagner» tarkibiga qöşilgan bölsa, endi ularning soni bir neça önlab odamlarga teng. 

«Mahbuslar endi afv etilişiga işonmay qöyişdi, avval yollanganlar bilan suhbat natijasida uruş hududida ölim xavfi juda yuqori ekanini bilib olişgan», deb ta’kidlaydi naşr. 

«Mediazona» xabariga köra, yaqin kelajakda yollovçilar köproq mahbusni jalb qiliş maqsadida Ukrainada jang qilgan sobiq mahbuslarni taşviqot uçun koloniyalarga olib borişni rejalaştirmoqda. 

Koloniyadagi mahbuslardan birining aytişiça, endi xorijliklar «Vagner» safiga jalb qilinmayapti. Çunki ular öz vatanida javobgarlikka tortilişi mumkin. «Ya’ni avval Rossiya pasporti va’da qilingan bölsa, hozir unday gaplar yöq», dedi u. 

«Vagner» XHK tarkibidagi jangçilar soni haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. AQŞ ma’lumotlariga köra, guruhning 50 mingga yaqin a’zosi bor, ularning 40 mingini mahbuslar taşkil etadi.