7 fevral, seşanba kuni Vaşingtondagi Adliya vazirligining ma’lum qilişiça, AQŞ rasmiylari Rossiya fuqarosi Vladimir Voronçenkoga biznesmen Viktor Vekselbergga AQŞ sanksiyalaridan qoçişda yordam berganlikda ayblov qöygan.
Nyu-York federal sudida e’lon qilingan ayblov xulosasiga köra, AQŞda yaşaş uçun ruxsatnomaga ega bölgan 70 yoşli Voronçenko Vekselbergga tegişli bölgan, AQŞda joylaşgan törtta köçmas mulk obektiga xizmat körsatiş uçun 4 mln dollar ötkazib berişda, şuningdek, ulardan ikkitasini sotişga urinişda iştirok etgan. Bundan taşqari, rossiyalik 2022 yil may oyida, körsatma beriş uçun şaxsan kelişini talab qilgan katta hakamlar hay’atidan çaqiruvçi qoğozi olganidan söng Qöşma Ştatlardan qoçib ketgani sababli sudga hurmatsizlikda ayblanyapti.
Turli vaqtlarda Nyu-York, Florida va Rossiyada yaşagan Voronçenko özini muvaffaqiyatli tadbirkor, kolleksioner va san’at asarlari sotuvçisi, şuningdek, Vekselbergning yaqin dösti va biznes şerigi sifatida körsatgan.
Milliarder Viktor Vekselberg Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin atrofidagi şaxs sanaladi. Tadbirkor metallurgiya, toğ-kon sanoati, texnologiya va boşqa aktivlarni öz içiga olgan Moskvadagi Renova Group konglomeratiga rahbarlik qiladi.
U 2018 yilning aprelida Rossiyaning AQŞ saylovlariga aralaşuviga aloqadorlikda gumon qilinib, AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilgan edi. Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlari boşlanganidan söng, Qöşma Ştatlar Vekselbergga qöşimça çeklovlar kiritib, uning aktivlari, jumladan, Tango yaxtasi va Airbus A319 samolyotini xatlovga oldi.
Joriy yilning yanvar oyida AQŞ hukumati ikki tadbirkorni - Rossiya va Şveytsariya fuqaroligiga ega 51 yoşli Vladislav Osipov hamda 52 yoşli britaniyalik Riçard Mastersni Vekselbergning Tango yaxtasini sanksiyalardan olib çiqişga urinişda ayblagan edi.


















