Özbekiston FVV bölinmalari xodimlari Turkiyadagi halokat öçoqlarida iş olib bormoqda.

Özbekistonlik qutqaruvçilar 8 fevral tonggiga kelib vayronalar ostidan 9 kişini omon olib çiqqan. «Yangiliklar 24» körsatuvi reportajida aytilişiça, qutqarilganlarning 5 nafari erkak va 4 nafari ayol. Şuningdek, vayronalar orasidan 12 kişining jasadi topilgan.

«8 fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalaş işlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinçi tibbiy yordam körsatildi. Şuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib çiqildi», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldinroq, Özbekiston FVV qutqaruvçilari Turkiyada bedarak yöqolgan 13 nafar özbekistonlikni qidirayotgani xabar qilingandi.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Turkiyada zilzila oqibatida vafot etganlar soni 6234 nafarga yetgan. Suriyada esa hozirgaça 2 mingga yaqin kişi ölimi tasdiqlangan.