Özbekiston va Qirğiziston çegarani demarkatsiya qiliş böyiça muzokaralarni boşladi, deb xabar qildi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi (TIV) rahbari örinbosari Bahromjon A’loyev. Uning sözlarini «RIA Novosti» agentligiga tayangan holda Lenta keltirdi.

«Bizning işçi guruhlarimiz davlat çegarasini demarkatsiya qiliş böyiça işlarni boşladi», dedi Aloyev Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi strategik şeriklik istiqbollariga bağişlangan davra suhbatida sözlagan nutqida.

Uning sözlariga köra, guruhlarning birinçi yiğilişi allaqaçon bölib ötgan, ikkinçisi esa yaqin kunlarda ötkaziladi. Bundan taşqari, bunday muzokaralar jadvali butun 2023 yil uçun tuzilgan.

Yanvar oyi oxirida Qirğiziston va Özbekiston hukumatlari davlatlar örtasidagi çegaralarni delimitatsiya qiliş jarayonini yakunlagan, davlatlar rahbarlari Sadir Japarov va Şavkat Mirziyoyev ratifikatsiya yorliqlarini almaşgan edilar.

Çegaraning demarkatsiya qilinişi uning çizilişi, belgilar örnatilişini anglatadi.