Toşkent yerusti metrosining birinçi bosqiçi va Sergeli yönalişini boğlovçi Qöyliqdan Sergeligaça bölgan metropoliten barpo etilmoqda. Qariyb 12 kilometrlik bu qismda 7 ta bekat böladi. Ayni kunlarda uning Quruvçilar dahasigaça borgan 5 ta bekati qurib bitkazildi. Davlat rahbari uşbu transport inşootini borib kördi. 

- Oxirgi yillarda bu borada ham tajriba töpladik. Qöyliq yönalişida 7 ta, Sergelida 5 bekatli yerusti metrolari qurildi. Oldin Toşkent metropolitenidan 240 ming yölovçi foydalangan bölsa, bugungi kunda 600 mingdan oşdi. Rejamiz - 1 million yölovçi. Agar öz vaqtida buni boşlamaganimizda, şahar transportida kollaps bölişi mumkin edi. Endi muqobil energetikani ham örganmasak bölmaydi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident jamoatçilik vakillari bilan birga metroda yurdi.

Quruvçilar dahasidan Qipçoq bekatigaça bölgan qariyb 4 kilometrlik metro yöli ham yaqin oylarda işga tuşiriladi. Şu tariqa, Qöyliq va Sergeli orasidagi qatnov vaqti 15 daqiqani taşkil etadi. Mazkur yönaliş bir kunda 40 mingga yaqin yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega böladi.

Buning evaziga şaxsiy transportlarga ehtiyoj kamayib, tirbandlik bartaraf etiladi. Xususan, Qöyliq – Sergeli yönalişida harakatlanadigan kunlik avtomobillar soni 40 mingtagaça qisqarib, transport oqimi 12 foiz kamayişi mumkin.

Uşbu bosqiç qurib bitkazilişi bilan Toşkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta böladi. Metroda yuruvçi kunlik yölovçilar soni 650 minggaça yetadi. 245 ta yangi iş örni yaratiladi.