U Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan ötayotgan ukrainalik harbiylar bilan uçraşişi rejalaştirilgan, deya xabar berdi AP agentligi Dauning-stritga tayanib. 

Şuningdek, Britaniya ommaviy axborot vositalarida Volodimir Zelenskiyning Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Ben Uolles bilan uçraşişi haqida xabarlar paydo böldi.

Prezident, şuningdek, Britaniya mudofaa va xavfsizlik rasmiylari bilan uçraşib, ukrainalik jangçilarni tayyorlaş kengaytirilgan dasturi tafsilotlarini muhokama qiladi.

Bundan taşqari, boş vazir Rişi Sunak Buyuk Britaniyaning Ukrainani uzoq masofali qurollar bilan ta’minlaşga tayyorligini ma’lum qilişi mumkin.

Zelenskiy Britaniya parlamentida ham nutq sözlaşi kutilyapti. Bu haqda jurnalist Patrik Vintur Twitter’da ma’lum qildi. Unga köra, Zelenskiy nutqidan söng London Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi.

«Yevropa kengaşi sammiti oldidan Volodimir Zelenskiy Britaniya parlamentiga murojaat qiladi, keyin Britaniya sanksiyalarni e’lon qiladi, jumladan, Kremlning uruş maşinasidan foyda olayotgan kompaniyalarga qarşi sanksiyalar nazarda tutilgan», deb yozdi u.

Şu bilan birga, Dauning-strit Ukraina harbiylarini tayyorlaş dasturini kengaytiriş rejalari haqida ma’lum qildi.