Toşkent viloyatining Böstonliq tumani hududidan ötgan yölda köçki sodir böldi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, 4R6 Toşkent-Qibray-Çirçiq-Çimyon avtomobil yölining 59-60 kilometrlari oraliğida, «Çimyon» dam oliş maskaniga olib boruvçi yölda loy köçkisi sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, hodisa oqibatida heç kimga tan jarohati yetmagan. Qisqa vaqt içida avtomobil yöli töliq tozalanib, transport vositalarining harakatlanişiga ruxsat berilgan.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati noqulay ob-havo şaroitida barça harakat qatnaşçilaridan ehtiyotkor bölişni söragan.

















