«Tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratiş mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatçiligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni (PF–21-son, 10.02.2023 y.) qabul qilindi.
Farmonga köra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:
Kiçik tadbirkorlik sub’yektlari:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- mikrofirmalar – ta’sisçilari jismoniy şaxslar bölgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard sömgaça bölgan tadbirkorlar;
- kiçik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard sömgaça bölgan tadbirkorlar;
Örta tadbirkorlik sub’yektlari:
- jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard sömgaça bölgan tadbirkorlar;
Yirik tadbirkorlik sub’yektlari:
- jami daromadi yil davomida 100 milliard söm va undan yuqori bölgan tadbirkorlar.
2023 yil 1 apreldan:
- 1 yilda bir marotaba örta tadbirkorlik sub’yektlariga mol-mulkni suğurta qiliş xarajatlarining 50 foizigaça, biroq BHMning 20 baravaridan oşmagan (6 mln sömgaça) qismi qoplab beriladi;
- daromadi 10 milliard sömdan kam bölmagan tadbirkorlar uçun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;
- davlat xaridlarida eng yaxşi takliflarni tanlaş va tender savdolarida iştirokçilar takliflarini baholaşda QQS summasi inobatga olinmaydi;
- yuqori qöşilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvçi korxonalarning mahsulotlar işlab çiqariş va ularni taşqi bozorga sotiş bilan boğliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigaça qoplaş tartibi bekor qilinadi.
2023 yil 1 maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:
- avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyiş stansiyalarida elektron ölçaş uskunalari va onlayn video kameralarini örnatiş hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qiliş;
- paxta, ğalla yoki şolini qabul qiliş va hisobini yuritiş böyiça axborot tizimlarining operatorlari öz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilişi.

















