Moldova taşqi işlar vaziri Niku Popesku Rossiya elçisi Oleg Vasnetsovni Moldova havo hududini buzişga yöl qöyilmasligini yana bir bor ta’kidlaş uçun zudlik bilan çaqirtirişni buyurdi, deb xabar berdi Kişinyovdagi TIV vakili Daniel Vode.
«Rossiya tomoni Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşini davom ettirmoqda, qöşni davlatga raketa zarbalari esa mamlakatimiz fuqarolariga töğridan töğri salbiy ta’sir körsatmoqda. Moldovaga qarşi nodöstona harakatlar va bayonotlarni keskin qoralaymiz. Biz Rossiyani qöşni davlatga qarşi harbiy agressiyani töxtatişga çaqiramiz, bu köplab qurbonlar va moddiy zararga olib kelmoqda», — deb ma’lum qildi Vode.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy 10 fevral kuni Rossiyaning ikkita «Kalibr» qanotli raketasi Ukraina-Moldova çegarasini kesib ötib, Ruminiya havo hududiga kirgani, keyin esa yana Ukraina havo hududiga qaytganini ma’lum qilgandi.
Keyinroq Moldova Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududi buzilganini tasdiqladi. Raketa Mokra (Ribnitsa tumani, Dnestrböyi), söngra Kosautsi qişloği (Soroka tumani) ustidan uçib ötgan. Xabar berilişiça, yanvar oyida raketa zarbasi paytida Moldova hududiga uçinçi marta raketa qoldiqlari tuşgan.
Öz navbatida, Ruminiya Mudofaa vazirligi «Ruminiya havo hududi ustidan uçib ötişi kerak bölgan Rossiya raketasi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi», deb ta’kidladi.

















