Hozirgi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasi mamlakatimizdagi barqaror va jadal rivojlanayotgan sub’yekt bölib, öz mahsulotini 100 foiz eksportga yönaltirayotgan yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxonaning asosiy işlab çiqariş mahsuloti tabiiy uran bölib, “Zafarobod” kon boşqarmasi, “Uçquduq” va “Nurobod” işlab çiqariş maydonlarida joylaşgan 6 ta geotexnologik konlarda qazib olinadi. Navoiy şahridagi Uran işlab çiqariş zavodida esa uran çala oksidi (tabiiy uran) körinişiga keltiriladi.

Foto: Navoiyuran
Foto: Navoiyuran
Foto: Navoiyuran

Sir emas, respublika uran sanoati tarmoği taraqqiyotning yangi bosqiçiga qadam qöydi. 2022 yil 14 iyuldagi “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib oliş, qayta işlaş hajmlarini oşiriş hamda uni transformatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori korxonaning istiqboldagi faoliyatini belgilab beruvçi muhim tarixiy hujjat böldi. Mazkur qarorda Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasi ekspertlarini jalb qilgan holda, “Navoiyuran” davlat korxonasi faoliyatini moliyaviy, texnik, yuridik va işlab-çiqariş quvvatlarini kompleks örganiş hamda rivojlaniş strategiyasi, operatsion samaradorligini oşiriş, işlab çiqariş jarayonlarini optimallaştiriş va avtomatlaştiriş hisobiga işlab çiqariladigan mahsulot tannarxini pasaytiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş vazifalari ham belgilangan.  

Foto: Navoiyuran
Foto: Navoiyuran
Foto: Navoiyuran

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 21-22 noyabr kunlari Fransiya Respublikasiga rasmiy taşrifi doirasida Özbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi (hozirgi Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi), “Navoiyuran” davlat korxonasi hamda Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasi örtasida uran qazib oliş va qayta işlaş sohasida hamkorlikni kengaytiriş böyiça uç tomonlama strategik hamkorlik kelişuvi imzolandi.